← Burchoqdoshlar
Yong‘oqsimon astragal
Burchoqdoshlar

Yong‘oqsimon astragal

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida
Maqomi 1. G‘arbiy Tyan-Shanda kam tarqalgan endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 10-12 sm uzunlikdagi, poyasiz, ko‘p yillik o‘t. Bargi 5-14 sm uzunlikda. Bargchalari 11-15 juft, nashtarsimon yoki ellips-nashtarsimon, uchi o‘tkir, qalin tuklar bilan qoplangan. Gulpoyasining uzunligi 5-8 sm. Guli yirik, uzunligi 25-30 mm. Dukkagi bandsiz, 4 sm uzunlikda, cho‘ziq tuxumsimon, qalin, mayin, yarim yotiq tukli. Aprel-may oylarida gullab, may-iyunda yetiladi.

Tarqalishi. Toshkent viloyati: Qurama va Chotqol tizmalarida tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi.

O‘sish sharoiti. Dengiz sathidan 1600 m gacha balandlikdagi shag‘al-toshli ochiq (yalang) tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi.

Soni. Ko‘pmncha yakka-yakka holda, ba’zan esa kichik maydonlarda to‘p-to‘p bo‘lib uchraydi.

Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Chorva mollarining muttasil boqilishi tufayli o‘simlik maydonlari qisqarib ketgan.

Madaniylashtirilishi. Ma’lumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari. Maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqilmagan.

Manbalar. [156-159, 318].

F. O‘ Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009