Keyslar banki
Har bir keysga interaktiv laboratoriya biriktirilgan: o‘quvchilar avval modelda tajriba qiladi, so‘ng mavzuni muhokama qiladi.
Transport harakati va yoqilg’i sifati bilan bog’liq keyslar: Avtomobillar uchun sifatsiz yoqilg’i turlarini cheklash – bu yerda shahar havosi bilan birgalikda iste’molchi omilini ham unutmaslik lozim. O’quvchilar bunga har taraflama yondashib mavzuni muhokama qiladilar.
Interaktiv laboratoriya: «Shahar havosi: transport va yoqilg‘i» →
Qish mavsumida tabiiy gaz bosimining pasayishi bilan sifatsiz yoqilg’idan foydalanib uylarni isitish muammosi – bunda toshko’mir, qo’ng’ir ko’mir, o’tin va boshqa yoqilg’i turlarini yoqish bilan birga havoni ifloslovchi rezina va boshqa maxsulotlardan foydalanish muhokama qilinishi mumkin.
Shaharda qurilish ko’payishi bilan “yashil zonalar” kamayishi, daraxtlar kesilishi muammolari – ekologik vaziyatning keskinlashuvi, aholi soni ko’payishi, uning sog’lig’I bilan bog’liq muammolar va urbanizatsiya masalalarini qamrab olgan ushbu mavzu keng muhokama qilinishi mumkin.
“Harorat inversiyasi” jarayonida qanday ehtiyot choralari ko’rish zaruriyati – havo tarkibidagi PM2,5 zarralaridan himoya vositalari, havoning kimyoviy, fizik xossalari haqidagi ma’lumotlar, shamollar haqidagi ma’lumotlar muhokama qilinadi.
Havoning ifloslanish sabab – oqibatlari tahlili. Havo harakati, havoni ifloslovchi omillar, havoni tozalash, ozon qatlamini yemirilishini to’xtatish, barqarorlik uchun qanday choralar ko’rilishi muhokama qilinadi.