← Burchoqdoshlar
Vvedenskiy oksitropisi
Burchoqdoshlar
Yangi

Vvedenskiy oksitropisi

Maqomi 3 — Kamyob

Oxytropis vvedenskyi Filim.

Maqomi: 3. Hisor tizmasida tarqalgan endemik tur.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 5–10 sm, yog‘ochsimon, yo‘g‘on o‘q ildizli yarimbuta. Bargining uzunligi 1,5–3 sm, bandi yarim yotiq, oq tukli. Bargchalari 5–6 juft, tig‘simon-cho‘ziq, har ikkala tomoni siyrak, yotiq oq tuklar bilan qoplangan, uzunligi 3–5 mm, eni 1–1,5 mm. Gulpopugi 6–8 gulli, g‘ovak. Gultoji binafsha rangli. Dukkagi cho‘ziq yoki dumaloq-cho‘ziq, uzunligi 10–12 mm, eni 0,3–0,4 mm, bandi 1,5 mm uzunlikda, mayda, yotiq qora va oq tukli. Iyun–avgust oylarida gullab, mevasi avgust–sentyabr oylarida yetiladi.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasining janubiy yonbag‘rida, Boysun tog‘larida tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘larning o‘rta va yuqori qismlarida mayda zarrali tuproqlar, shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: Tabiatda kam tarqalgan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi: Bu haqda maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [10, 47, 76, 304, 305]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009