← Burchoqdoshlar
Binafsha gulli arg‘uvon
Burchoqdoshlar

Binafsha gulli arg‘uvon

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan
Maqomi 2. G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloy tizmalarida o‘sadigan kamyob endemik tur.

Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 3-4 m keladigan, keng shox-shabbali daraxt. Bir yillik novdalarining po‘stlog‘i qo‘ng‘ir-qizil rangli. Barglari yumaloq, buyraksimon, tub qismi keng o‘yilgan, ustki to- moni yashil, pastki tomoni ko‘kimtir rangda. Gullari kalta-kalta shokilalarga to‘plangan. Tojbargi qirmizi-binafsha rangli. Dukkagi- ning uzunligi 6-8 sm, eni 1 sm. May oyida gullab, iyunda meva beradi. Manzarali daraxt.

Tarqalishi. Toshkent va Surxondaryo viloyat- lari: G‘arbiy Tyan-Shan - Ugom, Qurama tizmala- ri; Pomir-Oloy - Hisor va Bobotog‘da o‘sadi. To- jikiston va Afg‘onistonda ham uchraydi.

O‘sish sharoiti. Tog‘larning pastki qismlaridagi toshli, toshli-shag‘alli va mayda zarrali tuproqlarda o‘sadi.

Soni. Yakka-yakka holda uchraydi. Ba’zan kichik arg‘uvonzorlar hosil qiladi.

Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Qurilish materiallari va o‘tin uchun kesib olinishi tufayli kamayib ketgan.

Madaniylashtirilishi. Ekib o‘stiriladi.

Muhofaza choralari. Ishlab chiqilmagan.

Manbalar. [89,156-159, 297].
R. I. Qozoqboyev

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009