Maqomi 1. Chotqol tizmasidagi endemik tur.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 4-10 sm keladigan deyarli poyasiz, yer bag‘irlab o‘sadigan ko‘p yillik o‘t. Asosiy poyasining yer ostida joylashgan yog‘och qismidan bir yillik, ingichka, 2 sm uzunlikda- gi yotiq oq tuklar bilan qoplangan poyalar o‘sib chiqadi. Bargi 2,5-6 sm uzunlikda, bargchalari 4-6 juft, tuxumsimon yoki yumaloq-tuxumsimon 4-6 mm uzunlikda, to‘mtoqroq, har ikki tomo- ni yotiq oq tuklar bilan qoplangan. Gulpopugi qisqa, soyabonsimon, g‘ovak va momiq, 1,5-2 sm uzunlikdagi 4-5 ta guli bor. Tojbargi och pushti rangli. Dukkagi cho‘ziq-nashtarsimon, uzunligi 10-11 mm, eni 3 mm, biroz hurpaygan oq tukli, ikki uyali. Iyulda gullab, mevasi avgustda yetiladi.
Tarqalishi. Toshkent viloya- ti: Chotqol tizmasida hamda Kat- ta Chimyon tog‘ida tarqalgan.
O‘sish sharoiti. Tog‘ mintaqa- sining yuqori qismida, ohak- toshli qoyalarning yoriqlarida o‘sadi.
Soni. Faqat ikki joyda o‘sishi aniqlangan.
Ko‘payishi. Odatda, urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va areali- ning o‘zgarish sabablari. Dam olish maskanlarining qurilishi va chang‘i uchish uchun trassalar barpo etilishi o‘simlik soniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Madaniylashtirilishi. Ma’lumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari.Max- sus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan.
Manbalar. [156-159, 343].
K. Sh. Tojibayev
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009