← Burchoqdoshlar
Villis astragali
Burchoqdoshlar

Villis astragali

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Maqomi 2. Ko‘hitangda kam tarqalgan, endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi. Bo‘yi qisqa (4-10 sm], poya- si yo‘g‘on, sershox, ko‘p yillik o‘t. Poyasining pastki qismini o‘tgan yildan qolgan barg bandlari o‘rab turadi. Bargi 18 sm uzunlikda, bargchalari ellips- simon yoki cho‘ziq nashtarsimon, 8-18 juft, 4-10 mm uzunlikda, o‘tkir uchli, ikki tomoni mayin ipaksi- mon, qalin tukli. Gul poyasining uzunligi bargiga teng. Gullari binafsha rang. Dukkagi cho‘ziq, uzunligi 8 mm, ikki yonidan siqilgan. May oyida gullab, mevasi iyunda pishadi.

Tarqalishi. Surxondaryo viloyati: Ko‘hitang tizmasidagi Qizil olma qishlog‘ining shimolida va Kattaqurchuq tevaraklarida uchraydi.

Usish sharoiti. Tog‘ning o‘rta qismidagi shag‘alli-toshli yonbag‘irlarda va siyrak archazor- larda o‘sadi.

Soni. Asosan, yakka holda, ba’zan archazorlar orasida kichik-kichik to‘plar hosil qilib o‘sadi.

Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.

Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabab- lari. O‘simlik o‘sib turgan yerlarda chorva mollari- ning haddan tashqari ko‘p boqilishi tufayli o‘sish maydonlari qisqarib ketgan.

Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma’lumot- lar yo‘q.

Muhofaza choralari. Surxon davlat qo‘riqxonasida muhofaza etiladi.

Manbalar. [73,171].

F. O‘ Hasanov

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009