Lagochilus vevedenskyi Kamelin et Zuckerw.
Maqomi: 3. Faqat Qizilqumda uchraydigan endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 20–25 sm ga yetadigan yarim buta. Barglari poyada qarama-qarshi joylashgan, keng-tuxumsimon, bo‘rtib chiqqan yo‘g‘on tomirli, pastki qismi oddiy, shaffof tukli. Poyasi oq, oddiy tukli. Guli och pushti rangli, uzunligi 25–28 mm, 2–4 tadan bo‘lib poyaning yuqori qismidagi barglarining qo‘ltiqlarida joylashgan. Kosachasi qo‘ng‘iroqsimon, uchi tikanli. Iyunda gullab, mevasi iyul–avgustda yetiladi.
Tarqalishi: Buxoro, Navoiy viloyatlari: Qizilqumdagi qoldiq tepaliklar (Quljuqtog‘, Qing‘irtog‘, Bo‘kantog‘, Oqtog‘)da tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Yakka-yakka holda o‘sadi.
Soni: Kam uchraydi. Bir gektar yerda 1200 tupgacha uchratish mumkin.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollari boqilishi va haydab o‘tilishi natijasida kamayib ketgan.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Ishlab chiqilmagan. Manbalar. [116, 320]. H. F. Shomurodov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009