Scutellaria villosissima Gontsch. et Juz.
Maqomi: 2. G‘arbiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 30 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t. Poyalari ko‘p, ingichka, uzun bo‘g‘imli, yopishqoq, egri-bugri tuklar bilan qoplangan. Barglari deyarli yumaloq, chetlari yirik tishli, har ikki tomoni uzun tukli. Gullari qisqa bandli, guloldi bargchalar qo‘ltig‘ida bittadan o‘rnashgan. Tojbarglari och ko‘k rangli, uzunligi 25 sm. Iyun–iyul oylarida gullab, mevasi iyul–avgustda yetiladi.
Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasi (Sangardak daryo havzasidagi Bog‘cha qishlog‘idanQizilsoygacha, Oqsuv daryosining o‘rta oqimi)da tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Tog‘larninig yuqori qismidagi yonbag‘irlarida o‘sadi.
Soni: Maʼlumotlar yo‘q.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [4, 159, 355]. F. O‘. Hasanov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009