Scutellaria colpodea Nevski
Maqomi: 3. Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Xivchinsimon, kulrang poyali yarim butacha, balandligi 30–60 sm. Barglari ajinli, tuxumsimon, to‘mtoq, butun, uzunligi 1,5–2 sm. Gullari bittadan guloldi barglarining qo‘ltig‘ida o‘rnashgan, siyrak to‘pgul hosil qiladi. Kosachasi 2–3,5 mm uzunlikda, 2 pallali bo‘rtmasi bor. Gultoji sariq, qalin tukli, uzunligi 18–23 mm, tashqi tomoni qo‘ng‘ir-to‘q qizil rangli. Yong‘oqchasi tukli.
Tarqalishi: Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari: Hisor tizmasining g‘arbiy tarmoqlari, Boysun tog‘lari, Ko‘hitang va Bobotog‘da tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Ola jinslarda o‘sadi.
Soni: Ko‘hitangda 500 ga yaqin tupi borligi aniqlangan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Ola jinsli yerlarning qisqarishi va ko‘p miqdorda chorva boqilishi tufayli qisqarib ketgan.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [4, 159, 310, 355]. F. O‘. Hasanov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009