Maqomi 2. G‘arbiy Tyan-Shanga xos kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi. Yer osti poyasi juda qisqa bo‘lgan yarim buta. O‘simlik shoxchalari bir yillik, ingichka, qisqa, 5 sm gacha uzunlikda, yotiq tukli. Bargining uzunligi 5-8 sm, yotiq va yo‘g‘on oq tukli. Bargchalari 5-8 juft, chiziqli, ba’zan chiziqlari tasmasimon shaklga kiradi, uzunligi 7-12 mm, uchi to‘mtoq, yoki salgina o‘yilgan, ikki tomoni yotiq oq tuklar bilan qoplangan. Gulpopugi zich joylash- gan bir nechta boshchalardan iborat. 5-10 gulli, uzunligi 2-2,5 sm. Gultoji oqish. Dukkagi cho‘ziq, bandsiz, o‘tkir uchli, uzunligi 12-20 mm, eni 3-4 mm, yotiq qora va oq tuklar bilan qoplangan, ikki uyali. Iyul oyida gullab, mevasi avgust, sentyabrda yetiladi.
Tarqalishi. Toshkent viloyati: Piskom daryo- si havzasi - Teparsoy va Ispaysoylarning yuqori qismida uchraydi.
O‘sish sharoiti. Shag‘alli va toshli tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi.
Soni. Juda kam uchraydi.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabab- lari. Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi. Bu hakda ma’lumot- lar yo‘q.
Muhofaza choralari. Maxsus chorarlar ishlab chiqilmagan. O‘sish joylari Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘i hududitabiatdajoylashgan
Manbalar. [67, 69,106,109].
K. Sh. Tojibayev
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009