Maqomi 2. G‘arbiy Tyan-Shandagi kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 8-15 sm ga yetadi- gan ko‘p yillik o‘t. Yer ostida joylashgan qismi yog‘ochsimon qisqa poyadan iborat. Bir yillik poyalari juda qisqa, uzunligi 0,3-1 sm, tig‘iz joylashgan yotiq oq tuklar bilan qoplangan. Barglarining uzunligi 4-7 sm, yotiq oq tukli, bargchalari 1-2 juft, tuxumsimon, har ikki to- moni siyrak yotiq tuklar bilan qoplangan. Gul- popugi nozik, momiq, ko‘p gulli, uzunligi 3-6 sm. Tojbargi qizg‘ish-sariq tusli. Dukkagi- ning bandi 4 mm uzunlikda, kam urug‘li, tuksiz. May oyida gullab, mevasi iyulda pishadi.
Tarqalishi. Toshkent viloyatining Piskom, Ugom, Maydontol va Chotqol tizmalarida tarqalgan. Qozog‘istonda ham uchraydi.
O‘sish sharoiti. Tog‘ning o‘rta qismidagi shag‘alli-mayda tuproqli, toshli yonbag‘irlarda o‘sadi.
Soni. Tabiatda juda kam uchraydi.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sa- bablari. Noma’lum.
Madaniylashtirilishi. Ma’lumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza cho- ralari ishlab chiqilmagan. Ugom-Chotqol mil- liy tabiat bog‘i hududidagi populyatsiyalari muhofaza ostiga olingan.
Manbalar. [75, 343].
K. Sh. Tojibayev
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009