← Burchoqdoshlar
Massagetov astragali
Burchoqdoshlar

Massagetov astragali

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida
Maqomi 1. G‘arbiy Pomir-Oloyda uchraydigan eng kamyob endemik tur.

Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 15-30 sm oralig‘ida, diametri 80 sm gacha yetadigan tikanli, sershox, zich yostiqchalar hosil qiluvchi butacha. Bargi 4-9 sm uzunlikda, qalin tukli, barg bandi qisqa. Bargchalari 8-13 juft, ellips shaklida yoki teskari tuxumsimon, uzunligi 10-15 mm, o‘tkir uchli, ikki tomoni ipaksimon qalin tuklar bilan qoplangan. Kosachasi 9-11 mm uzunlikda, naysimon, oq-qora qalin tuklari bor. Gultoji sariq, tuksiz. Dukkagining uzunligi 17-27 mm, eni 7-11 mm, ikki uyali, ko‘p urug‘li. Iyunda gullab, mevasi iyulda yetiladi.

Tarqalishi. Surxondaryo viloyati: Boysun tog‘i va Hisor tog‘ tizmasida tarqalgan.

Usish sharoiti. Tog‘ning yuqori qismidagi toshli-shag‘alli va gipsli yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni. Kam uchraydi.

Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.

Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi. Ma’lumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan.

Manbalar. [71, 252].

O. T. Turginov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009