Maqomi 2. Hisor tizmasining g‘arbida tar- qalgan kamyob endemiko‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 15-25 sm, poyasiz ko‘p yillik o‘t. Barglari 6-12 sm uzunlikda, barg bandi yaxshi taraqqiy etmagan. Bargchalari 10-16 juft, ellipssimon, ba’zan teskari tuxumsi- mon, o‘tkir uchli, qattiq, ustki tomoni tomirli, kulrang, pastki tomoni oq tukli yoki ipaksimon tukli, uzunligi 4-12 mm. Gulpoyalari barglari- ning uzunligiga teng yoki ulardan biroz uzunroq, qisqa, oqish momiq tukli. Gulpopugi momiq va g‘ovak, uzunligi 10-17 sm, 18-25 gulli. Gultoji oq yoki nimpushti. Urug‘doni qalin yotiq oq tuklar bilan qoplangan. May oyida gullab, iyulda meva beradi.
Tarqalishi. Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasining g‘arbiy tarmoqlarida (Boysun Ketmon- chopti va Cho‘lbayir tog‘larida) tarqalgan.
Usish sharoiti. Tog‘larning o‘rta va pastki qismlarida toshli-shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi.
Soni. 1984 yildan 2001 yilgacha faqatgina 30 tupi yig‘ilgan.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma’lumot-
lar yo‘q.
Muhofaza choralari. Alohida muhofaza chora-
lari ishlab chiqilmagan.
Manbalar. [71,171].
O. T. Turginov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009