← Burchoqdoshlar
Angren tangao‘ti
Burchoqdoshlar
Yangi

Angren tangao‘ti

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Hedysarum angrenicum Korotkova

Maqomi: 1. G‘arbiy Tyan-Shanning Chotqol tizmasida uchraydigan kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 20 sm ga yetadigan poyasiz, qishda yer usti qismlari qurib qoladigan ko‘p yillik o‘t. Bargi murakkab, uzunligi 10–16 sm, bargchalari 3–4 juft, cho‘ziqroq aylana shaklida, har ikki tomoni tukli, ustki tomoni siyrak, pastki tomoni qalin tukli. To‘pguli bargiga teng, baʼzan undan uzunroq, 16–18 sm. Kosachasi uzun tukli. Dukkagi tuksiz, bir-ikki, baʼzan uch bo‘g‘imli. Iyun oyida gullab, mevasi iyul–avgustda yetiladi.

Tarqalishi: Toshkent va Namangan viloyatlari: Chotqol tizmasi (Ohangaron daryosi havzasi) va Farg‘ona vodiysi (Oqsuv va Qorasuv daryolari havzalari)da tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘larning o‘rta qismidagi toshli shimoliy yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: Yakka-yakka holda uchraydi.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollarining haddan tashqari ko‘p boqilishi tufayli o‘simlikning urug‘ berishi pasayib ketgan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [137, 150].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009