Maqomi 1. Janubi-g‘arbiy Qizilqum qoldiq tog‘larida o‘sadigan kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 25 sm keladigan poya- siz ko‘p yillik o‘t. Bargi murakkab, bargchalari 3-5 juft, o‘tkir uchli, uzunligi 15 mm gacha, ikki tomoni yotiq oq tukli. Bir nechta to‘pguldan ibo- rat. Tojbargi qizil. Dukkagi tuxumsimon, mayda. Aprel-may oylarida gullab, mevasi may-iyunda yetiladi.
Tarqalishi. Navoiy viloyati: Qizilqumdagi qoldiq tog‘ (Bo‘kantog‘)da va Chingeldi qudug‘i atroflarida tarqalgan.
Usish sharoiti. Toshli-shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi.
Soni. Qoldiq tog‘larda 1000 ga yaqin tuplari aniqlangan.
Ko‘payishi. Ma’lumotlar yo‘q.
Usimlik soni va arealining o‘zgarish sa- bablari. Chorva mollarining ko‘plab boqilishi na- tijasida kamaygan.
Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma’lumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari. Muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Kamayib ketish sabablarini chuqurroqo‘rganish lozim.
Manbalar. [32,159].
G. A. Serekeyeva.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009