Maqomi 2. Qizilqumdagi kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 5-10 sm orasidagi oq tuklar bilan qoplangan butacha. Poyasi kumush- rang, biroz tarvaqaylagan, qalin, ipaksimon tuk- li. Bargining uzunligi 2-5 sm, bargchalari 3-5 juft, ellipssimon, o‘tkir uchli, uzunligi 8-14 mm, har ikki tomoni qalin kumushrang-ipaksi- mon tuklar bilan qoplangan. To‘pguli yumaloq yoki tuxumsimon, uzunligi 2-3,5 sm, zich joylashgan, ko‘pgulli. Kosachasining uzunligi 8-10 mm, qalin va mayda, keng yoyilgan, yumshoq tukli. Gultoji binafsha rang. Dukkagi mayda, bandsiz, yumaloq- cho‘ziqroq shaklda, qirralari o‘tkir, po‘sti qalin, bir uyali. May oyida gullab, may-iyun oylarida meva beradi.
Tarqalishi. Buxoro va Navoiy viloyatla- ri: Qizilqumda (Quljuqtog‘, Oqtog‘, Oqtoshli va Oyoqg‘ujumdi atroflarida) tarqalgan.
Usish sharoiti. Qoyalarning yoriqlarida, ohaktoshli va toshli, tosh-shag‘alli, ba’zan mayda tuproqli-shag‘alli qoldiq tog‘larning yonbag‘irlarida o‘sadi.
Soni. 1200 ga yaqin tupdan iborat beshta po- pulyatsiyasi aniqlangan.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi. O‘zR FA Qizilqum cho‘l stansiyasi kolleksiya maydonida ko‘pay- tirishga qaratilgan urinishlar natija berma- gan.
Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza chora- lari ishlab chiqilmagan. Quljuqtog‘ni muhofaza etiladigan hududlar qatoriga kiritish tavsiya etilgan.
Manbalar. [266, 267, 3350, 351].
K. Sh. Tojibayev, Sh. U Saribayeva.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009