Hedysarum drobovii Korotkova
Maqomi: 1. G‘arbiy Tyan-Shanda uchraydigan kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 30–60 sm, o‘q ildizli ko‘p boshchali, ko‘p yillik o‘t. Poyasi ko‘p, baʼzan 2–3 ta, to‘pguli poyalarining uchida joylashgan. O‘simlikning barcha qismi yotiq, kumushrang tuklar bilan qoplangan. Bargi murakkab, uzunligi 7–10 sm, bargchalari 2–3 juft. Gulbandi barg qo‘ltig‘idan chiqqan, gullari pushtirang, egilgan, to‘pguli yoyiq. Dukkagi deyarli bandsiz, uzunligi 6–8 mm, tomirlari bo‘rtib chiqqan. Iyunda gullab, mevasi iyun– iyul oylarida yetiladi.
Tarqalishi: Toshkent viloyati: Ugom (Xumson qishloq atrofi) va Chotqol tizmalari (Burchmulla va Yangiqo‘rg‘on qishloqlari atrofi)da tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Toshli-shag‘alli hamda bo‘z tuproqli yonbag‘irlarda o‘sadi.
Soni: Sanoqli darajada uchraydi, umumiy soni 200 tupdan oshmaydi. 2009 yili Burchmulla qishlog‘i atrofida 50 tupdan oshmaydigan kichik populyatsiyasi qayd etilgan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorvoq suv ombori qurilishi munosabati bilan o‘simlik areali keskin qisqarib ketgan.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: O‘sish joylari Ugom- Chotqol milliy tabiat bog‘i hududida joylashgan. Manbalar. [137, 150]
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009