← Burchoqdoshlar
Soxta cho‘l astragali
Burchoqdoshlar

Soxta cho‘l astragali

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Maqomi 2. Janubiy Pomir-Oloydagi kamyob tur


Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 15-30 sm oralig‘idagi poyasiz yoki poyasi 7 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t. Bargi 15-30 sm uzunlikda. Bargchalari 8-14 juft, yumaloq, uzunligi 13-20 mm, yumaloq, to‘mtoq yoki sal o‘yilgan, ustki tomoni tuksiz, pastki tomoni qalin tukli, chetlari kipriksimon qalin tukli. Gulpoyasi bargidan ancha qisqa, gulpopugi 6-10-15 guldan iborat, uzunligi 7-10 sm, qalin tukli. Ko- sachasi uzun naysimon, 18-22 mm uzunlikda, qalin tukli, kosachasining barglari nashtarsimon tish- chalar bilan qoplangan. Dukkagi tuxumsimon cho‘ziqroq shaklda, bandi 3-7 mm uzunlikda, past- ga qarab osilgan, qalin tukli, deyarli ikki uyali. Mart-aprel oylarida gullab, mevasi may-iyunda yetiladi.


Tarqalishi. Surxondaryo viloyati: Janubiy Po- mir-Oloyda - Bobotog‘ tizmasi va Tojikistonning janubidagi pastqam tog‘larda tarqalgan.


O‘sish sharoiti. Tog‘ etaklari va pastki qismlaridagi qumliklarda, bo‘z va soz tuproqlarda, qizil qumli toshlarda, gipsli jinslarda o‘sadi.


Soni. Kam uchraydi. Chagam qishlog‘i atroflarida 50 tupi topilgan.


Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.


O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Aniqlanmagan.


Madaniylashtirilishi. Ma’lumotlar yo‘q.


Muhofaza choralari. Maxsus choralar ishlab chiqilmagan.


Manbalar. [31,135].


A. S. Esonqulov.


«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009