← Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Sprigin karragi
Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Yangi

Sprigin karragi

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Cousinia spryginii Kult.

Maqomi: 1. Janubiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik tur.

Qisqacha tavsifi: Ikki yillik o‘simlik. Poyasi 20–40 sm balandlikda, tik, to‘g‘ri, qalin tukli, yo‘l-yo‘l, jo‘yakli, shoxlari bargli. Barglarining ustki tomoni ingichka, to‘rsimon, pastki tomoni kulrang, qalin tukli, chetlari tikansimon tishli, teskari tuxumsimon. Savatchasi sharsimon diametri 2,5–3,5 sm (uchi to‘mtoq) qalin to‘rsimon tukli. O‘rama bargchalari o‘tkir, uzun, uchburchaksimon, uzunligi 4 sm, tikanli. Gul o‘rnining dag‘al tuklari silliq. Gultoji oqish-sariq. Danakchasi teskari tuxumsimon, qanotchasi qoramtir dog‘li. May–iyunda gullab, mevasi avgustda yetiladi.

Tarqalishi: Hisor tizmasining janubig‘arbiy tarmoqlarida, Ko‘hitang tizmasida va Kelif-Sherobod tepaliklarida tarqalgan (Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari). Turkmanistonda ham uchraydi.

O‘sish sharoiti: Kulrang soz tuproqlarda o‘sadi.

Soni: Oqtosh qishlog‘i atrofida 70 tupdan iborat 2 ta populyatsiyasi aniqlangan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Tabiiy yerlarning buzilishi va mollarning ko‘plab boqilishi tufayli kamayib ketgan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [310, 321, 324, 325, 327].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009