← Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Soxtatukli karrak
Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Yangi

Soxtatukli karrak

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Cousinia pseudolanata Popov ex Tscherneva

Maqomi: 1. Oqtog‘ tizmasining juda kamyob endemik o‘simligi.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 80 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t. Poyasi bitta, tik o‘suvchi, bargli, yo‘g‘on, qalin tukli. Yopirma barglari patsimon bo‘lingan, bandsiz, ostki tomoni tuksiz, ustki tomoni bezchasimon tukli, yoki har ikki tomoni qalin tukli. To‘pgullari ingichka boshoqsimon. Savatchasi qisqa bandli, yirik, tukli. O‘rama bargchalari ko‘p, silliq. Toji sariq. Urug‘i teskari-tuxumsimon, deyarli uch qirrali. Iyul oyida gullab, mevasi iyul–avgustlarda yetiladi.

Tarqalishi: Navoiy viloyati: Nurota tog‘larida Oqtog‘ (Langar qishlog‘i atrofi)da tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘larning o‘rta qismidagi tosh-shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: Tabiatda yakka-yakka, baʼzan kichik to‘plar hosil qilib uchraydi.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollarining ko‘plab boqilishi tufayli kamayib bormoqda.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [18, 289, 321, 324, 325, 327].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009