← Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Qoya ksilantemumi
Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Yangi

Qoya ksilantemumi

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Xylanthemum rupestre (Popov ex Nevski) Tzvelev

Maqomi: 1. Ko‘hitang tizmasining kamyob, stenobiont o‘simligi.

Qisqacha tavsifi: 10–20 sm balandlikdagi yarimbutacha, shoxlari qo‘ng‘ir tusli tuklar bilan qoplangan. Barglari kulrang-yashil, tuklangan, 1–1,5 sm uzunlikda, patsimon qirqilgan. Savatchalari yakka-yakka, gullari kam sonli, uzunligi 5–6 mm, eni 4–5 mm, silindr shaklida. O‘rama barglari tuklangan, ellips shaklida, uchi to‘mtoq. Gullari sariq, bez tukli. Urug‘lari 2,5 mm uzunlikda. Popuklari 1,2 mm uzunlikda. Iyulda gullaydi, avgustda mevalaydi

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Ko‘hitang tizmasi. O‘sish joyi. 2600–3000 m balandlikdagi qoyalarda o‘sadi.

Soni: 2001 yilda 50 tupi qayd etilgan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Relikt, petrofit endemik.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Surxon davlat qo‘riqxonasida muhofaza etiladi. Manbalar. [128, 310]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009