← Burchoqdoshlar
Bochansev eversmanniyasi
Burchoqdoshlar
Yangi

Bochansev eversmanniyasi

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Eversmannia botschantzevii Sarkisova

Maqomi: 1. Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloyning kamyob endemik o‘simligi.

Qisqacha tavsifi: Shoxlari tukli, 60–70 sm li tikanak buta. Barglari 4–7 juft, bargchalari tuxumsimon, uchi kemtik, tukchalari zich joylashgan. Gulbandlari 7–10 sm uzunlikda. Gultoji siyohrang, 15–17 mm. Dukkagi 3–5 sm, tuksiz. May– iyun oylarida gullab, iyulda mevalaydi.

Tarqalishi: Qashqadaryo viloyatidagi Ellikbosh tog‘ tizmasi (Qo‘rg‘ontosh qishlog‘i atrofi)da uchraydi.

O‘sish sharoiti: Qizil qumli tuproqlarda o‘sadi.

Soni: Aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollarining boqilishi va ola tusli maydonlarning qisqarishi.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Muhofaza etilmaydi. Manbalar. [159, 264]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009