← Burchoqdoshlar
Boris astragali
Burchoqdoshlar

Boris astragali

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Maqomi 1. Oloy tizmasidagi kamyob endemik tur.

        Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 30 sm, deyar- li poyasiz yoki juda qisqa poyali, barg qoldiqlari bilan o‘ralgan ko‘p yil lik o‘simlik. Bargi 10-23 sm uzun- likda, bargchalari 10-13 juft, cho‘ziq, ellips shaklida yoki o‘tkir nashtarsimon, uzunligi 7-15 mm, qattiq, yaproqchalarining har ikki tomoni yotiq oq tukli. Gul- popuklari qisilgan, qisqa, 6-8 gulli. Dukkagi bandsiz, cho‘ziq- tuxumsimon, 14-15 mmuzunlikda, qattiq, hurpaygan oq tuklar bi- lan qoplangan, ikki uyali. Iyunda gullab, mevasi avgustda yetiladi. 

Tarqalishi. Farg‘ona viloyati: Oloy tizmasining Shohimardon daryosi havzasida tarqalgan.

O‘sish sharoiti. Archazorlarda va toshli tog‘ yonbag‘irlarida o‘sadi.

Soni. Yakka-yakka holda uchraydi.

Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma’lumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari. Maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqilmagan.

Manbalar. [2,156-159].

F. O‘ Hasanov

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009