Phlomoides leiocalyx (Pazij et Vved.) Adylov, Kamelin et Makhm.
Maqomi: 1. Qarshi cho‘lidagi nihoyatda kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 50–60 sm ga yetadigan poyasi shoxlagan, tuksiz ko‘p yillik o‘t. Yopirma barglari qisqa bandli, cho‘ziq, chetlari yirik tishsimon o‘yilgan, har ikki tomoni siyrak, yulduzsimon tukli. Poyadagi barglari deyarli bandsiz. Gullari yarim halqalar hosil qilib, guloldi barglarining qo‘ltiqlarida joylashgan. Guloldi bargchalari bigizsimon, kosachasidan 3 marta qisqa. Kosachasi naysimon, tuksiz, uzunligi 17–18 mm. Tojining uzunligi 33–35 mm, oq rangli, pastki labi dastlab binafsha, keyinroq esa qo‘ng‘ir rangga o‘tuvchi dog‘larga ega. Aprelda gullab, mevasi may oyida yetiladi.
Tarqalishi: Qashqadaryo viloyati: Qarshi cho‘llarida tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Tog‘oldi tepaliklaridagi soz tuproqlarda o‘sadi.
Soni: 1958 yil 22 aprelda G‘uzor-Qarshi temir yo‘li chetlaridan bir marta terilgan. Bu tur qayta uchramagan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘paysa kerak.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [7–9, 159].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009