← Chuchmomadoshlar
Raven Piyozi
Chuchmomadoshlar
Yangi

Raven Piyozi

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Allium ravenii F.O. Khass. et al.

Maqomi: 1. Ustyurtdagi kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Piyozining eni 1 sm, qoramtir, qog‘ozsimon po‘stli. Poyasi 15–30 sm uzunlikda, silliq. Barglari 1–2 ta, uzunligi 5–20 sm, eni 0,5 sm, silliq. Soyaboni ko‘pgulli, siyrak, deyarli sharsimon, diametri 1–1,5 sm. Gulbandlari teng, gulyonbargchalari yo‘q, uzunligi 6 mm. Gulqo‘rg‘on bo‘laklari yulduzsimon, etli, pushtirang, uzunligi 5–7 mm, cho‘ziq-ovalsimon.

Tarqalishi: Qoraqalpog‘iston: Ustyurt platosi (sharqiy chink atroflari)da.

O‘sish sharoiti: Chink atrofidagi gipsli tuproqlarda o‘sadi.

Soni: 20 ga yaqin tuplari topilgan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payishi mumkin.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Haddan tashqari ko‘p chorva boqilishi tufayli kamayib ketgan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [365]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009