Allium eremoprasum Vved.
Maqomi: 2. Pomir-Oloy g‘arbiy tarmoqlarining kamyob endemik o‘simligi.
Qisqacha tavsifi: Piyozi tuxumsimon, eni 1 sm ga yaqin, kulrang yupqa terisimon burishgan po‘stloqli. Piyozchalarining sirti chuqurchali. Poyasi (10) 15–25 sm, deyarli yarmigacha barglarning novlari bilan o‘ralgan. Barglari 2 ta, ipsimon, eni 1–2 mm, gullash paytida qurib ketadi. Soyaboni kamgulli, siyrak. Gulbandlari 3–4 sm gacha uzunlikda, tengsiz, gulyonbargchalari bor. Gullari qo‘ng‘iroqsimon. Gulqo‘rg‘on bo‘laklari oqish yoki xira pushti rang, qirmizi tomirli, uzunligi (5) 6–7 mm, nashtarsimon. Changchi iplari gulqo‘rg‘onidan 1,5 marta qisqa, uchburchak, yarmiga cha o‘zaro va gulqo‘rg‘on bilan birlashgan, ichkaridagilari tashqilari deyarli 3 marta keng. Ko‘sagi yumaloq, diametri 3 mm ga yaqin.
Tarqalishi: Samarqand va Navoiy viloyatlari: Oqtog‘ tizmasida va Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘larida tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Tog‘larning pastki qismidagi toshli yonbag‘irlarda, qoyalarda o‘sadi.
Soni: Yakka va kichik guruhlar holida uchraydi.
Ko‘payishi: Urug‘idan va vegetativ yo‘l bilan ko‘payadi. O‘simlik soni va arealining o‘zg.arish sabablari. Tabiatda kamyob, o‘sish maydonlari cheklangan stenobiont petrofit o‘simlik. Marmar qazib olish, tosh maydalash va tog‘-kon ishlari tufayli kamayib ketadi.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [58, 362, 364]
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009