← Chuchmomadoshlar
Pushti gulli piyoz
Chuchmomadoshlar
Yangi

Pushti gulli piyoz

Maqomi 0 — Yo‘qolgan

Allium rhodanthum Vved.

Maqomi: 0. Janubiy Pomir-Oloydagi kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bosh piyozining eni 2–3 sm, qoramtir, qog‘ozsimon po‘stli. Poyasi 15–30 sm uzunlikda, silliq. Barglari 1–2 ta, keng nashtarsimon, uzunligi 5–10 sm, eni 2–4 sm, silliq. Soyaboni ko‘pgulli, siyrak, deyarli sharsimon, diametri 10–15 sm. Gulbandlari teng, gulyonbargchalari yo‘q, uzunligi 5–10 sm. Gulqo‘rg‘on bo‘laklari yulduzsimon, etli, pushtirang, uzunligi 7–10 mm, cho‘ziq-ovalsimon, baʼzan nashtarsimon, to‘mtoq. Changchi iplari pushti, uzunligi 16–13 mm, bigizsimon, ancha qismi o‘zaro birlashgan. Ko‘sagi sharsimon, diametri 3–4 mm.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Xaudaktog‘ qumlariida tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Qumlarda o‘sadi.

Soni: 20 yil davomida uni topish ustida olib borilgan ishlar natijasiz tugadi. Bu tur butunlay yo‘qolgan bo‘lsa kerak.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Haddan tashqari ko‘p mol boqilishi tufayli kamayib ketgan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [58, 362, 364]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009