← Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Nashtarsimon serratula
Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)
Yangi

Nashtarsimon serratula

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Serratula lancifolia Zakirov

Maqomi: 2. G‘arbiy Pomir-Oloydagi juda kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 20–30 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t. Poyasi ko‘p, bargli, ingichka, tuksiz, savatchasining ostigina biroz tukli, yakka savatchali. Bargi charmsimon, ikkala tomoni ham yashil, tuksiz, chetlari butun, o‘yilgan yoki tishli. Ildizoldi va poyadagi barglari bandli, nashtarsimon, qolgan barglari poya bo‘ylab yuqori ko‘tarilgan sari kichiklasha boradi, ingichka nashtarsimon, bandsiz. O‘rama bargchalari ko‘p, charmsimon, uchi yumaloq. Toji pushti. Yetilmagan urug‘lari tuksiz. Iyul–avgustda gullab, avgust oyida meva beradi.

Tarqalishi: Samarqand va Jizzax viloyatlari: Molguzar va Zarafshon tizmalaridagi tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘ning o‘rta qismidagi mayda jins tuproqlarda o‘sadi.

Soni: Aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [159, 221, 330].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009