← Burchoqdoshlar
Qo‘rg‘oshin astragali
Burchoqdoshlar
Yangi

Qo‘rg‘oshin astragali

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Astragalus plumbeus (Nevski) Gontsch.

Maqomi: 2. Ko‘hitang tizmasidagi endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 20–23 sm oralig‘idagi poyasiz ko‘p yillik o‘t. Bargining uzunligi 5–8 sm, bargchalari 4–5 juft, ellipssimon yoki cho‘ziq ellipssimon, qattiq, o‘tkir uchli, uzunligi 10– 14 mm, har ikki tomoni qalin yotiq tuklar bilan qoplangan. Gulpoyasi bargidan 2 marta uzun, qattiq, deyarli to‘rt qirrali, yotiq tukli. Boshchasi 15–25 gulli, yumaloq yoki tuxumsimon, 3–4 sm uzunlikda, zich joylashgan, gullari deyarli bandsiz. Gultoji sariq. Tugunchasi bandsiz, yotiq oq tukli. Iyun–iyulda gullab, meva beradi.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Ko‘hitang tizmasida uchraydi.

O‘sish sharoiti: Tog‘larning pastki va o‘rta qismlaridagi ohak toshli va mayda jins tuproqli yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: 2001 yilda 2000 tup o‘simlik qayd etilgan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollarining tartibsiz boqilishi o‘simliklarning ko‘payishiga salbiy taʼsir etmoqda.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Surxon davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Manbalar. [32, 159, 310]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009