Calophaca reticulata Sumnev.
Maqomi: 1. G‘arbiy Pomir-Oloy tizmalaridagi kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Uncha baland bo‘lmagan sershox buta. Barglari kumushrang, har ikki tomoni yotiq qalin tuklar bilan qoplangan, bargchalari 4–5 juft, cho‘ziqroq. Yonbargchalarining asosi uchburchaksimon. To‘pgullari boshchasimon, tig‘iz. Dukkagining uzunligi 35–40 mm. Iyunda gullab, mevasi iyul–avgust oylarida yetiladi.
Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasining Boysun tog‘larida tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Tog‘larning o‘rta qismidagi shag‘alli yonbag‘irlarda va archazorlarda o‘sadi.
Soni: Tabiatda onda-sonda uchraydi.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollarining ko‘plab boqilishi va o‘simlikdan o‘tin sifatida foydalanilishi natijasida soni kamayib ketgan.
Madaniylashtirilishi: Bu haqda maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [273, 310].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009