Maqomi 2. Oloy hamda Turkiston tizmalari- da o‘sadigan kamyob endemiko‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 15 sm ga yetadigan deyarli poyasiz ko‘p yillik o‘t. Pastki barglari oddiy, yakka, yuqoridagilari esa ikki juftli, bargchalari teskari tuxumsimon, har ikki tomo- ni yotiq tukli. Gulpoyasi bargiga deyarli teng, 6-8 gulli, gullari och qizil. Iyulda gullab, urug‘ bera- di.
Tarqalishi. Farg‘ona viloyati: Oloy tizmasi- ning dengiz sathidan 1600-1800 m balandlikda- gi Shohimardon, Ko‘li Qubbon, Yordon qishloqlari atrofida, Uvlardisoyda hamda So‘x, Peshkao‘t daryo- larining havzalarida tarqalgan. Tojikistonda va Qirg‘izistonda ham uchraydi.
Usish sharoiti. Toshli quruq qiyaliklarda, ola tuproqli yonbag‘irlarda, toshloqlarda va su- rilmalarda o‘sadi.
Soni. Yakka-yakka holda uchraydi, ba’zan kichik-kichik to‘plar hosil qilib o‘sadi. Aso- san, Shohimardon, So‘x hamda Peshkao‘t daryolari havzalarida ko‘proq saqlanib qolgan.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
Usimlik soni va arealining o‘zgarish sa- bablari. Chorva mollarining ko‘plab boqilishi tufayli o‘simlik maydonlari keskin qisqarib ketgan.
Madaniylashtirilishi. Ma’lumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari. Muhofaza qilinmaydi.
Manbalar. [156-159, 343].
G‘. M. Shermatov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009