← Burchoqdoshlar
Qizil xo‘roz astragali
Burchoqdoshlar
Yangi

Qizil xo‘roz astragali

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Astragalus rubri-galli Popov

Maqomi: 1. Janubiy Pomir-Oloyda tarqalgan kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik, bo‘yi 10–20 sm. Barglari 5–7 juft uzunligi 5–7 sm, tuklari qattiqroq.Gulbandi qisqa, uzunligi 3–4 sm. Kosachasi naysimon, uzunligi 15–17 mm., oq va qora tukli. Bayroqchasi 25 mm uzunlikda, uchi o‘yilgan, qanotchasi 25 mm uzunlikda, qayiqchasi 22 mm uzunlikda. Dukkagi bandsiz, keng chiziqlari bor, uzunligi 25–30 mm, yoysimon bukilgan, oq, qattiq tukli, ikki uyali.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Kelif-Sherobod tepaliklarida tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Qizil qumli yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: 2001 yili 12 tup o‘simlik borligi aniqlangan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva boqilishi, turning reliktligi va ola tusli tuproqlarning qisqarib ketayotganligi natijasida qisqargan.

Madaniylashtirilishi: Bu haqda maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [3, 310].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009