Maqomi 3. Pomir-Oloyning g‘arbiy tar- moqlari va Janubi-g‘arbiy Qizilqumning kamyob endemik turi.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 60 sm gacha yetadigan, shoxlari tarvaqaylagan, to‘g‘ri va yo‘g‘on, oq tukli, uzunligi 4-8 sm, qalin tikanlar bilan qoplangan buta. Bargchalari 5-6 juft, cho‘ziqroq-tuxumsimon, yoyilgan mayin tukli. Gullari barg qo‘ltig‘ida 8-10 tadan joylashgan, eni 3 sm keladigan yumaloq shaklli zich to‘pgul hosil qiladi. Dukkagining uzunligi 5 mm, tuxumsimon, oq momiq tukli. Urug‘i buyraksimon, sirti silliq. Aprel-may oylarida gullab, mevasi may-iyunda yetiladi.
Tarqalishi. Navoiy, Buxoro viloyatlari: Qizilqumda - Konimex shahri atrofida; Pomir- Oloyda - Zirabuloq-Ziyovuddin tog‘larida va Nuro- ta tog‘larida (Qoratog‘ tizmasi) tarqalgan.
Usish sharoiti. Tog‘ yonbag‘irlarida, adirlarda, yuzaga chiqib qolgan qumtoshli tuproqlarda o‘sadi.
Soni. Yakka-yakka yoki uncha katta bo‘lmagan to‘plar hosil qilib o‘sadi.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabab- lari. Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi. Bu haqda ma’lumot- lar yo‘q
Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza chorala- ri ishlab chiqilmagan.
Manbalar. [26, 28, 29].
N. Yu. Beshko
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009