Maqomi 1. Hisor tizmasidagi kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 4-6 sm keladigan ko‘p yillik o‘t. Poyalari oq, qirrali jo‘yaklarga ega bo‘lib, yotiq, g‘adir-budur, momiq oq tuklar bilan qoplangan. Bargining uzunligi 7-8 sm, bargchala-ri 3 juft, teskari cho‘ziq-tuxumsimon yoki ellips shaklida, uzunligi 7-15 mm, eni 4-7 mm, har ikki tomoni momiqtuklar bilan qoplangan. Gulpopu-gi g‘ovaksimon, 5-8 gulli, uzunligi 4-5 sm. Toj-bargi sarg‘ish. Dukkagi qisqa bandli (0,75 mm), cho‘ziq nashtarsimon, uzunligi 9-19 mm, eni 2,5-3 mm. May-iyunda gullab, meva beradi.
Tarqalishi. Qashqadaryo viloyati: Hisor tizmasi Qashqadaryo havzasida - Toshqo‘rg‘on qishlog‘i atrofida uchraydi.
Usish sharoiti. Archazorlardagi qum-toshlarda o‘sadi.
Soni. Tabiatda nihoyatda kam tarqalgan. Onda-sonda yakka tuplarini uchratish mumkin.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabablari. Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi. Ma’lumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari. Hisor davlat qo‘riqxonasida muhofaza etiladi.
Manbalar. [156-159, 343].
F. O‘ Hasanov
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009