← Burchoqdoshlar
Knorring astragali
Burchoqdoshlar

Knorring astragali

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Maqomi 2. Shimoli-g‘arbiy Pomir-Oloyda o‘sa- digan kamyob endemik tur.

Qisqachatavsifi. Bo‘yi 5-7 sm uzunlikdagi kul- rang-yashil, yotiq tukli, deyarli poyasiz ko‘p yillik o‘t. Bargi 2-5 sm, bandi esa 5-15 mmuzunlikda. Barg- chalari 7-9 juft, tasmasimon yoki uzun tig‘simon, uzunligi 5-11 mm, eni 0,5-1,5 mm, o‘tkir uchli, past- ki tomoni qalin yotiqtukli. Gulpoyasi 2-5 sm uzun- likda. Gullari 2-3 ta, och sariq, 32-37 mm uzunlik- da. Kosachasi 17-20 mm uzunlikda. Dukkagi 7 sm gacha uzunlikda, eni esa 4 mm, kalta tumshuqchali, yotiq oq va qora tuklar bilan qoplangan. Mart-aprel oy- larida gullab, mevasi aprel-may oylari yetiladi.

Tarqalishi. Jizzax, Samarqand va Navo- iy viloyatlari: Nurota, Molguzar va Turkiston tog‘larida tarqalgan.

Usish sharoiti. Tog‘ etaklaridan to tog‘ning o‘rta qismigacha cho‘zilgan yemirilgan tub tog‘ jins- larida, shag‘alli-toshli yonbag‘irlardao‘sadi.

Soni. Kam uchraydi, yakka-yakka holda, ba’zan ki- chik-kichik to‘plar hosil qilib o‘sadi.

Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.

Usimlik soni va arealining o‘zgarish sabab- lari. Chorva mollarining boqilishi tufayli qisqarib bormoqda.

Madaniylashtirilishi. Ma’lumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari. Nurota va Zomin davlat qo‘riqxonalarida muhofaza etiladi.

Manbalar. [65,156-159].

F. O‘ Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009