Oxytropis pseudoleptophysa Boriss.
Maqomi: 2. Ko‘hitang tizmasidagi kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 4–10 sm, qalin burama tuklar bilan qoplangan, poyasiz, ko‘p yillik o‘t. Barglarining uzunligi 2–10 sm, cho‘ziq, bandi hurpaygan oq tuklar bilan qoplangan. Bargchalari 5–8 juft, uchli, har ikki tomoni paxmoq tukli, uzunligi 5–7 mm, eni 3–5 mm. Gulpopugi g‘ovakroq, 8–12 gulli, kosachasining uzunligi 5–7 mm. Gultoji ko‘k yoki havorang. Dukkagi pufaksimon shishgan, tuxumsimon-yumaloq, yumshoq, hurpaygan oq tukli, uzunligi 13–18 mm, eni 10–15 mm gacha yetadi. May–iyun oylarida gullab, iyun–iyulda yetiladi.
Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Ko‘hitang tizmasida tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Tog‘larning o‘rta qismlaridagi toshli-shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi.
Soni: Kam tarqalgan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.
Madaniylashtirilishi: Madaniylashtirilmagan.
Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Surxon davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Manbalar. [10, 47, 76, 304, 305]. F. O‘. Hasanov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009