Scutellaria guttata Nevski ex Juz.
Maqomi: 2. G‘arbiy Pomir-Oloydagi yo‘qolish arafasida turgan kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Ko‘p poyali, qalin tukli, g‘ovak yostiq shaklidagi yarim buta. Bir yillik shoxlari ingichka, uzunligi 10 sm, serbarg, pastki qismi paxmoq tukli. Barglari keng tuxumsimon, deyarli tekis qirrali, har ikki tomoni siyrak tukli. Gullari bittadan barg qo‘ltig‘ida o‘rnashgan. Tojbarglari sariq rangli, uzunligi 28 mm. Iyun–avgustda gullab, mevasi iyul–sentyabr oylarida yetiladi.
Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasi – To‘palang daryosi havzasi – Hurvatan, Zevar, Qo‘shtut qishloqlari, Shatrut va Tamshush daryolarining quyilishi hamda Sangardak daryosi vohasidagi Sangardak va Bog‘cha qishloqlari atroflarida tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Tog‘larning o‘rta qismi yonbag‘irlarida va ochiq qumtoshlarda o‘sadi.
Soni: Aniqlanmagan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi. bablari. Chorva mollarining ko‘plab O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sa boqilishi unga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Alohida muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [4, 159, 355]. F. O‘. Hasanov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009