← Yalpizdoshlar (Labguldoshlar)
Ajoyib bo‘zbosh
Yalpizdoshlar (Labguldoshlar)
Yangi

Ajoyib bo‘zbosh

Maqomi 3 — Kamyob

Dracocephalum formosum Gontsch.

Maqomi: 3. Hisor tizmasidagi kam uchraydigan endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 15–40 sm keladigan ko‘p yillik o‘t. Barglari yumaloq yoki tuxumsimon, chetlari tekis yoki kungurali, yopirma barglarining bandi yaprog‘idan uch barobar uzun. Poyasi kambargli. Guli pushti-binafsha rangli, ustki tomoni (sirti) sertuk. Gullari poyaning uchida zich to‘pgul hosil qiladi. Iyul–avgustda gullab, mevasi avgust–sentyabrda yetiladi.

Tarqalishi: Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari: Hisor tizmasi (Qizilsuv daryosi havzasi – Qizilgaza dovoni, Cho‘lbayir tog‘i va To‘palang daryosi havzasi)da tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi.

O‘sish sharoiti: Tog‘lardagi daryo va irmoqlarning yoqalarida hamda buloqlarning atroflarida o‘sadi.

Soni: Kam tarqalgan, faqat yettita joyda borligi aniqlangan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollarining buloq atroflarida va daryo bo‘ylarida ko‘plab boqilishi.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Hisor davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. O‘simlikni yulish yoki qazib olishni taqiqlash hamda madaniylashtirish maqsadida uning biologik xususiyatlarini o‘rganish zarur. Manbalar. [8, 159].

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009