← Yalpizdoshlar (Labguldoshlar)
Fedchenko ko‘kamaroni
Yalpizdoshlar (Labguldoshlar)
Yangi

Fedchenko ko‘kamaroni

Maqomi 3 — Kamyob

Scutellaria fedtschenkoi Bornm.

Maqomi: 3. Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloy tog‘laridagi kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 50 sm ga yetadigan ko‘p yillik o‘t. Poyalari ko‘p, ingichka. Barglari ko‘kimtir, deyarli yumaloq, to‘mtoq, tuksiz. Gullari qisqa bandli, poya va shoxlarining uchlarida bir tomonlama siyrak to‘pgul hosil qiladi. Tojbargi to‘q havorang. Iyun-iyulda gullab, mevasi iyul-avgust oylarida yetiladi.

Tarqalishi: Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari: Hisor tizmasida (G‘uzor va Sherobod shaharlari oralig‘i, Sho‘rob va Darband qishloqlari atrofi, Bo‘zgalaxona darasi, To‘palang daryosi vohasi, Boysuntog‘) tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘larning o‘rta qismida ohaktosh qoyalarning yoriqlarida o‘sadi.

Soni: Juda kam uchraydi.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Aniqlanmagan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [4, 159, 355]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009