← Sho‘radoshlar
Pyatayeva baliqko‘zi
Sho‘radoshlar
Yangi

Pyatayeva baliqko‘zi

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Climacoptera pjataevae U.P.Pratov

Maqomi: 2. G‘arbiy Hisorda tarqalgan kamyob endemik tur.

Qisqacha tavsifi: Bir yillik o‘t o‘simlik, bo‘yi 10–15 sm, qalin, uzun, chalkash va siyrak, qisqa, deyarli to‘g‘ri tukli. 3-7 juft shoxlari va barglari qarama-qarshi, qolganlari ketmaket o‘rnashgan. Poyadagi barglari seret, qalami, to‘mtoq, uzunligi 12–(14) mm, eni 1,5 mm. Gullari ro‘vakda o‘rnashgan. Guloldi bargi seret, uzunligi 10 mm, gulqo‘rg‘on va yonbargchalaridan uzun. Gulyonbargchalari, gulqo‘rg‘oniga teng yoki gulqo‘rg‘onidan qisqa. Gulqo‘rg‘oni 5 bo‘lakli, mevasi yetilganda yarmidan pastrog‘ida pardasimon qanotchalar paydo bo‘ladi. Changchisi 5 ta, changdonining uchida pufaksimon oq tuxumsimon bo‘rtmasi bor. Urug‘i tekis o‘rnashgan.

Tarqalishi: Qashqadaryo viloyati: Qashqadaryo vohasidagi Gussari va Siryak qishloqlari atroflarida tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘oldi tekisliklaridagi mayda chag‘irtoshli va sho‘rlangan tuproqlarda tarqalgan.

Soni: Siyrak tarqalgan. Soni aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva boqilishi va antropogen omillarning salbiy taʼsiri tufayli qisqarib ketgan.

Madaniylashtirilishi: Bu haqda maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [159, 253]. O‘. P. Pratov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009