← Sho‘radoshlar
Maligin baliqko‘zi
Sho‘radoshlar
Yangi

Maligin baliqko‘zi

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Climacoptera malyginii (Korovin ex Botsch.) Botsch.

Maqomi: 2. Mirzacho‘lda tarqalgan kamyob endemik tur.

Qisqacha tavsifi: Bir yillik, o‘t o‘simlik, bo‘yi 30–35 sm, yosh nihol paytida uzun, ingichka, chalkash tukli, keyinchalik tuksizlana boshlaydi. Barglari etli, qalami, uchi to‘mtoq. Guloldi barglari poyaning pastida gulyonbargchalardan uzun, yuqorisida ulardan qisqa. Gulyonbargchalari gulqo‘rg‘onidan qisqa, tuxumsimon. Gulqo‘rg‘on bo‘laklari nashtarsimon, tuksiz, mevasi yetilishi bilan yarmidan pastida qanotchalar paydo bo‘ladi. Changdonining uzunligi 1,5 mm, yarmigacha bo‘lingan, uchidagi bo‘rtmasi pufaksimon. Urug‘chisi gulqo‘rg‘onidan uzun. Iyun–sentyabr oylarida gullab, mevasi yetiladi.

Tarqalishi: Endemik tur. Sirdaryo vohasi (Mirzacho‘l)da tarqalgan (Sirdaryo viloyati).

O‘sish sharoiti: Sho‘rxok tuproqlarda o‘sadi.

Soni: Siyrak holda o‘sadi. Soni aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Bu tur tarqalgan joylarda dehqonchilik qilinishi va mol boqilishi tufayli kamayib ketgan.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [35, 159]. O‘. P. Pratov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009