← Sho‘radoshlar
Tyan-Shan antoxlamisi
Sho‘radoshlar
Yangi

Tyan-Shan antoxlamisi

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Anthochlamis tianschanica Iljin

Maqomi: 2. Farg‘ona vodiysida tarqalgan kamyob endemik tur.

Qisqacha tavsifi: Bir yillik, sershox o‘t o‘simlik, bo‘yi 30–90 sm, pastki qismi tuksiz, yuqori qismi qisqa, jingalak tukli. Gullari ikki jinsli, ro‘vaksimon to‘pgulda o‘rnashgan. Changchisi 5 ta. Gulqo‘rg‘oni pardasimon. Barglari oddiy, yassi, pastkilari nashtarsimon, bandli, yuqorisidagilari qalami, uchi o‘tkir. Guloldi bargi nashtarsimon, uchi o‘tkir, gulqo‘rg‘onidan uzun, mevasidan kichik. Mevasining eni 3 mm, uchi chuqurchali. Avgust va sentyabrda gullab, mevalaydi.

Tarqalishi: Farg‘ona va Namangan viloyatlari: G‘arbiy Tyan-Shan (Farg‘ona vodiysining shimoli-sharqiy, shimoli-g‘arbiy qismi)da tarqalgan.

O‘sish sharoiti: Tog‘larning pastki qismlaridagi chag‘irtoshli, toshchag‘irtoshli tuproqlarda o‘sadi.

Soni: Asosan, yakka-yakka holda o‘sadi. Ayrim joylarda kichik-kichik to‘plar hosil qiladi. Soni aniqlanmagan.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva boqilishi tufayli kamayib ketgan.

Madaniylashtirilishi: Bu haqida maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Qo‘riqlanmaydi. Manbalar. [35, 156–159, 249]. O‘. P. Pratov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009