← Sho‘radoshlar
Drobov sho‘ragi
Sho‘radoshlar
Yangi

Drobov sho‘ragi

Maqomi 3 — Kamyob

Salsola drobovii Botsch.

Maqomi: 3. G‘arbiy Tyan-Shan va Oloy tizmasidagi kamyob endemik tur.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 50–70 sm keladigan yarim buta. Bir yillik poyalarining uzunligi 20 sm, oqish, tuksiz, baʼzan g‘adir-budir. Barglari ketma-ket joylashgan, tuksiz, qo‘kimtir, etli, qalami, uzunligi 1,5–2,5 sm, eni 1–1,5 mm, to‘mtoq. To‘pguli yoyiq boshoqsimon. Gulqo‘rg‘on bargchalari cho‘ziqtuxumsimon yoki cho‘ziqoval shaklida, uzunligi 4–6 mm, pardasimon, tuksiz, rangsiz. Urug‘i yotiq joylashgan. Iyulda gullab, mevasi oktyabr oyida yetiladi. Ta r qa li shi . Farg‘ona viloyati: Farg‘ona vodiysi va Oloy tizmasida tarqalgan. Qozog‘istonva Qirg‘izistonda ham uchraydi.

O‘sish sharoiti: Tosh-shag‘al tuproqli yonbag‘irlarda, baʼzanola jinslarda va tog‘larning quyi qismida o‘sadi.

Soni: Yakka-yakka holda, baʼzan esa yirik to‘plar tashkil qilib o‘sadi.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: O‘simlikning kam urug‘ berishi va urug‘idan yaxshi unib chiqmasligi, shuningdek, u o‘sgan joylarda chorva mollari muttasil boqilishi sababli soni qisqarib ketmoqda.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Ishlab chiqilmagan. Manbalar. [35, 156–159, 249]. O‘. P. Pratov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009