← Chuchmomadoshlar
Katta piyoz
Chuchmomadoshlar
Yangi

Katta piyoz

Maqomi 1 — Yo‘qolish arafasida

Allium majus Vved.

Maqomi: 1. Pomir-Oloydagi kamyob, manzarali endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bosh piyozining eni 3–5 sm, qoramtir, qog‘ozsimon po‘st bilan qoplangan. Poyasi 60–80 sm uzunlikda, silliq. Barglari 4–5 ta, qayishsimon, eni 4–8 sm, silliq. Soyaboni ko‘pgulli, deyarli sharsimon, diametri 5–10 sm. Gulbandlari deyarli teng, gulyonbargchalari yo‘q. Gulqo‘rg‘on bo‘lakchalari yulduzsimon, och binafsharang, uzunligi 6-7 mm, qalami, to‘mtoqroq, keyinroq pastga qarab egiladi. Changchi iplari bigizsimon, uzunligi 4-5 mm. Ko‘sagi sharsimon, diametri 5-6 mm.

Tarqalishi: Qashqadaryo viloyati: Zarafshon va Hisor tizmalarining yonbag‘irlarida tarqalgan endemik tur.

O‘sish sharoiti: Tog‘larning pastki va o‘rta qismlaridagi toshli va olajinsli yonbag‘irlarda o‘sadi.

Soni: 30 tupi Kitob geologiya qo‘riqxonasi yaqinida, 100 tupi Hisor qo‘riqxonasi atrofida o‘sadi.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Mahalliy aholi tomonidan piyozining kovlab olinishi va chorva boqilishi tufayli kamayib ketgan.

Madaniylashtirilishi: O‘zR FA Botanika bog‘ida o‘stirilmoqda.

Muhofaza choralari: Kitob va Hisor qo‘riqxonalarida muhofaza qilinadi. Manbalar. [58, 362, 364]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009