← Burchoqdoshlar
Osiluvchan (egiluvchan) qulonquyruq
Burchoqdoshlar
Yangi

Osiluvchan (egiluvchan) qulonquyruq

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Eremosparton flaccidum Litv.

Maqomi: 2. Qizilqumda tarqalgan kamyob o‘simlik. Eremosparton obvislыy / Eremosparton flaccidum Litv.

Qisqacha tavsifi: Shoxlari ingichka tuklar bilan qoplangan, balandligi 5–6 m gacha yetadigan sershox buta. Barglari yaxshi rivojlanmagan, mayda, o‘tkir tig‘simon-chiziqchali tangachalar shaklida. Gullari to‘q binafsharang, bir-biridan muayyan oraliqda joylashgan. Dukkagi ikki tomondan qisilgan, tuxumsimon, tumshuqchasi qisman o‘roqsimon qayrilgan, kalta tik tukchalar bilan qoplangan. May oyida gullab, mevasi iyunda yetiladi.

Tarqalishi: Buxoro, Navoiy viloyatlari: Qizilqum – Kalla, Yangiqazgan va Oqtoshli quduqlari atroflarida tarqalgan. Turkmanistonda ham uchraydi.

O‘sish sharoiti: Qum barxanlarida o‘sadi.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollarining yil davomida muttasil boqilishi va qulonquyruqdan o‘tin si fatida foydalanilishi o‘simlikka salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.

Muhofaza choralari: Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Chorva mollarining boqilishini tartibga solish va o‘simlikdan o‘tin sifatida foydalanishni taqiqlash lozim. Manbalar. [1, 272] F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009