Maqomi 2. Janubi-g‘arbiy Pomir-Oloyda tarqalgan kamyob endemiko‘simlik.
Qisqacha tavsifi. Bo‘yi 20-25 sm, deyarli poya- siz yoki juda qisqa poyali (2-3 sm], ko‘p yillik o‘t. Barglari oddiy yoki murakkab, uchta bargchadan tashkil topgan, barg bandi uzun, yarim yotiq tuklar bilan qoplangan. Bargchalari keng ellips yoki keng tuxumsimon, ba’zan yumaloq. Gulpoyasi 15 sm uzunlikda, popuklari momiqvag‘ovak. Guliyashil- sarg‘ish rangli. Dukkagi cho‘ziq-yumaloq shaklda. Aprelda gullab, mevasi may oyida pishadi.
Tarqalishi. Surxondaryo viloyati: Ko‘hitang vaHisortizmalarida (Xo‘jagurgur-Ota, Cho‘lbayir, G‘ozimoylik, Oqboshtog‘, Qoziqo‘rg‘on], Xondiza daryo- si havzasida hamda Bobotog‘ning Chagam qishlog‘i yaqinida tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi.
O‘sish sharoiti. Ola-bula, loyqa va gipsli tuproqlarda, qizil qumli joylarda o‘sadi.
Soni. Yakka holda, 3-4 tupi birgalikda yoki kichik to‘plar hosil qilib o‘sadi.
Ko‘payishi. Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sa- bablari. Aniq ma’lumotlar yo‘q. Lekin gipsli jinslardan tashkil topgan o‘ziga xos tuproq sha- roitida o‘sishga moslashganligi uchun areali ken- gaymasligi mumkin.
Madaniylashtirilishi. O‘zR FA Botanika bog‘ida ekib o‘stirilmoqda.
Muhofaza choralari. Muhofaza qilinmaydi.
Manbalar. [156-159, 342].
G‘. M. Shermatov.
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009