← Burchoqdoshlar
Yumaloq to‘pgulli Astragal
Burchoqdoshlar
Yangi

Yumaloq to‘pgulli Astragal

Maqomi 2 — Zaif, kamayib borayotgan

Astragalus subschachimardanus Popov

Maqomi: 2. Ko‘hitang tizmasidagi o‘ta kamyob endemik o‘simlik.

Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 15 sm gacha yetadigan poyasiz, yirik chim hosil qiluvchi ko‘p yillik o‘t. Bargi murakkab, 5–7 juft bargchali. Gulpoyasi bargidan biroz uzun. To‘pguli sharsimon. Kosachasi gullagan paytida naysimon bo‘lib, mevasi yetilishi bilan kengayib boradi va shar shakliga kiradi. Dukkaklari mayda, oq tukli. Iyulda gullab, meva beradi.

Tarqalishi: Surxondaryo viloyati: Ko‘hitang tizmasining janubidagi adirlarda tarqalgan (Turkmanistonda ham uchraydi).

O‘sish sharoiti: Janubiy yonbag‘irlarda – xarsangtoshlar orasida o‘sadi.

Soni: Juda kam uchraydi. Aniqlangan tuplarining soni atigi 1000 taga to‘g‘ri keladi.

Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.

O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Bu haqda maʼlumotlar yo‘q, ammo shu atrofda yashaydigan aholining chorva mollari o‘simlik o‘sgan maydonlarni payhon qilib ketadi.

Madaniylashtirilishi: Maʼlumot yo‘q.

Muhofaza choralari: Surxon davlat qo‘riqxonasida muhofaza etiladi. Manbalar. [32, 159]. F. O‘. Hasanov.

«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009