Phlomoides aralensis (Bunge) Salmaki
Maqomi: 2. Qizilqumda uchraydigan kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Ildizi sholg‘omsimon. Poyasi tik, yuqori qismi shoxlangan, momiq tukli, balandligi 30 sm. Barglari to‘mtoq tishchali, ik kala tomoni oqish tukli. Gullari bandsiz, 1 tadan guloldi barglarning qo‘ltig‘ida joylashgan. Kosachasi qo‘ng‘iroqsimon, pufaksimon, uzunligi 15–20 mm, qalin tukli. Gultoji oq, pastki labi sariq, uzunligi 22–25 mm. Yong‘oqchasining uchi qalin tukli.
Tarqalishi: Navoiy viloyati: Yomonqum, Batkakum, Ayaqag‘itma bulog‘i atrofi, Uzunquduq, Yangiquduq va Aumanzada tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Mustahkamlangan qumlarda va qoldiq tog‘larning uvoqlarida o‘sadi.
Soni: 200 ga yaqin tuplari borligi aniqlangan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Ko‘p miqdorda chorva boqilishi tu fayli qisqarib ketgan.
Madaniylashtirilishi: Bu haqda maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Muhofaza qilinmaydi. Manbalar. [7–9, 159].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009