Salvia korolkowii Regel et Schmalh.
Maqomi: 3. G‘arbiy Tyan-Shanga xos kamyob endemik o‘simlik.
Qisqacha tavsifi: Bo‘yi 50 sm ga yetadigan, tik o‘suvchi, oq momiq tukli yarim buta. Barglari, asosan, yopirma barglardan iborat, keng nashtarsimon poyadagilari 2–3 juft, ustki tomoni siyrak, ostki tomoni esa oq momiq tukli. Gullari 2–10 tadan murakkab soxta halqa hosil qilib o‘rnashgan. Kosachasi keng qo‘ng‘iroqsimon, ikki labli, pardasimon, yo‘g‘on tomirli.Tojbarglari sariq, uzunligi 25–33 mm. Mevasi 4 ta yong‘oqchaga ajraladi. Iyunda gullab, mevasi iyul oyida yetiladi.
Tarqalishi: Toshkent viloyati: Qorjontov, Ugom va Ko‘ksuv tizmalarida hamda Chotqol tizmasiningshimolig‘arbida tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Dengiz sathidan 1200–1500 m balandlikda soz tuproqli nuragan yonbag‘irlarda, tik qizil sozlarda o‘sadi.
Soni: Tarqalish maydonlarining chegaralanganligi sababli, tabiiy zaxiralari kam. Umumiy soni 20 000 tupdan iborat. 200 ga yaqin populyatsiyasi mavjudligi aniqlangan.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: Chorva mollarining boqilishi va yangi yerlarning o‘zlashtirilishi.
Madaniylashtirilishi: O‘zR FA Botanika bog‘ida ekilgan.
Muhofaza choralari: Ugom-Chotqol milliy tabiat bog‘ida uchraydi. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan. Manbalar. [111, 191–193, 238, 260, 293].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009