Helichrysum nuratavicum Krasch.
Maqomi: 2. Nurota tog‘larida o‘suvchi kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi: Ko‘p yillik o‘t o‘simlik, bo‘yi 10–20 sm, nashtarsimon tukli. Mevasiz poyalari bilan chim hosil qiladi. Poyalari ko‘p emas, oddiy, tik yoki yonboshlab o‘sadi. Barglari bandsiz, navbat bilan o‘rnashgan, qalami, uzunligi 1,5–2,5 sm, eni 1–2 mm. Savatchasimon yoki ingichka qo‘ng‘iroqsimon, 2–6 tadan tig‘iz boshchasimon qalqon to‘pgulda o‘rnashgan. O‘rama barglari 5–8 qator, ketma-ket va tig‘iz o‘rnashgan, tashqari qavatdagilari qalin tukli. Gullari sariq. Iyun–iyulda gullab, mevasi iyul–avgust oylarida yetiladi.
Tarqalishi: Jizzax, Navoiy va Samarqand viloyatlari: Nurota va Oqtog‘ tizmalarida tarqalgan.
O‘sish sharoiti: Tog‘larning 1200–2000 m balandlikdagi pastki va o‘rta qismidagi toshlichag‘irtoshli yonbag‘irlardagi har xil o‘tli shuvoqzorlar va shuvoq-g‘allali jamoalarda o‘sadi.
Soni: Siyrak holda uchraydi. Yakka-yakka holda va kichik guruhlar tashkil qilib o‘sadi.
Ko‘payishi: Urug‘idan ko‘payadi.
O‘simlik soni va arealining o‘zgarish sabablari: O‘simlikning yig‘ib olinishi va chorva boqilishi tufayli kamayib ketgan.
Madaniylashtirilishi: Maʼlumotlar yo‘q.
Muhofaza choralari: Nurota davlat qo‘riqxonasida muhofaza qilinadi. Populyatsiyalarini nazorat qilish kerak. Manbalar. [18, 113, 203, 289].
«O‘zbekiston Qizil kitobi» © O‘R FA Zoologiya instituti, 2009